Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aloqa kabelini uzib yuborgan fuqaro jazolandi
15:35 / 2025-01-09

O‘tgan 2024 yil davomida Xorazm viloyati bo‘yicha jami 7 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qazish, kavlash va tekislash ishlarini amalga oshirish jarayonida aloqa kabellari uzib yuborilgan.

Ushbu holatlarning barchasida telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilinmaganligi yuzasidan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 154-moddasiga asosan ma’muriy jazo choralari ko‘rilgan.

Birgina misol, Yangiariq tumani, Jaloil mahallasi hududida fuqaro O.N. qazish ishlarini olib borish jarayonida “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali Yangiariq – Xiva yo‘nalishidagi optik tolali aloqa kabelini uzib yuborgan.

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Xorazm viloyat hududiy shu’basi tomonidan mazkur holat joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaro O.N. telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagani aniqlandi. Fuqaroga “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 154-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jazo chorasi ko‘rildi.

Ushbu aloqa tarmog‘i zaxiraga olingani sababli telekommunikatsiya tarmoqlarida to‘xtalishlar va xizmatlar sifati yomonlashishi holatlari yuzaga kelmagan. Huquqbuzarga kelgusida aloqa liniyalari o‘tgan hududlarda qazish ishlarini olib borish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

N.Rahmonova, O‘zA muxbiri