Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
@aloqa_bsa_bot – davlat boshqaruvi sohasida ishonchli muloqot maydoni
11:21 / 2025-09-29

Davlat fuqarolik xizmatiga munosib kadrlarni tanlab olish, kadrlar salohiyatini oshirib borish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi izchil faoliyat yuritmoqda.

Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlari yagona ochiq portali “vacancy.argos.uz”ning yangi tahriri ishlab chiqildi. Unda davlat fuqarolik xizmatchilari uchun vakant lavozimlarga ariza topshirish jarayonini mobil qurilmalar orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, nomzodlar uchun “demotest.argos.uz” tizimi joriy etildi. Test jarayonining shaffofligini oshirish va nazoratni kuchaytirish maqsadida “vacancy.argos.uz” platformasi orqali barcha hududiy filiallardagi nomzodlarning test topshirish jarayonini real vaqt rejimida onlayn kuzatish imkoniyati joriy etildi.

Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan Yagona onlayn masofaviy ta’lim platformasi “edu.argos.uz” takomillashtirildi.

Ayni paytda davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida  3 ming 245  vakant lavozim uchun e’lon qilingan tanlovlarga arizalar qabuli davom etmoqda.

Mavjud vakant lavozimlarning 2 ming 246 tasiga hujjat topshirish uchun ish staji talab qilinmaydi.

Boshqaruv samaradorligi agentligi tizimda ochiqlikni ta’minlashni kengaytirish, xalq bilan ochiq va samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida @aloqa_bsa_bot’ni ishga tushirdi.

Ushbu bot orqali har bir davlat xizmatchisi, har bir fuqaro o‘z taklif va tashabbuslarini, sohaga oid fikr-mulohazalarini yuborishi mumkin.  Qolaversa, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq muammolar ham ushbu tezkor qayta aloqa kanali orqali qabul qilinadi. 

Ushbu mexanizm orqali davlat xizmatchilari va jamoatchilik o‘rtasida ishonchli muloqot o‘rnatish, tizimdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda samarali boshqaruvni ta’minlash nazarda tutilgan. 

@aloqa_bsa_bot – ishonchli muloqot maydoniga aylanadi. Bu esa  samarali boshqaruvning yangi bosqichiga qadam qo‘yishda muhim o‘rin tutadi. 

N.Abduraimova,

O‘zA