Alohida ishlash talab etiladigan, iste’dodli va iqtidorli yoshlarga e’tibor kuchayadi
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident farmoniga muvofiq, 2024 yil 1 martdan boshlab alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlar Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi qarori bilan “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga biriktiriladi.
Mas’ul rahbarlar har oyda kamida bir marta o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali hayotda o‘rnini topib ketishiga ko‘maklashadi.
O‘zA