Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Almatida tun bo‘yi otishma ovozlari eshitilib turdi
12:17 / 2022-01-07

Almati markaziy maydonlarida biroz muddat tinchlik hukm surgandan keyin yana otishma ovozlari eshitila boshladi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Ammo tartibsizlik ishtirokchilarining o‘zlari ko‘chada ko‘rinmayapti, balki otishma telekanallarning birining binosiga o‘rnashib olgan jinoyatchilar bilan bo‘lyotgandir, deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.

Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, huquq tartibot organlari jamoatchilik tartibini qo‘riqlamoqda, ko‘chalarni tozalamoqda.

Milliy gvardiyaning ma’lum qilishicha, ommaviy tartibsizliklar davomida 50 taga yaqin harbiy texnikalar zarar ko‘rgan, ularning 8 tasini tuzatib bo‘lmaydi.

Tartibsizliklar vaqtida qo‘lga olinganlar soni 2 ming 298 kishiga yetgan, deb yozmoqda mahalliy Tengrinews.kz  portali ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotga tayanib.

Bundan avval ham ichki ishlar vaziri Almatida 2 mingga yakin odam qo‘lga olingani haqida ma’lum qilgan edi.

Sputnik Kazaxstan agentligining yozishicha, Ko‘stanay viloyatida qo‘lga olinganlar orasida Rossiya fuqarosi ham bo‘lgan.

Shuningdek, ichki ishlar vazirligi 26 nafar qurollangan jinoyatchi yo‘q qilinganini tasdiqladi, yana 18 jinoyatchi yarador qilingan.

Ayni paytda Qozog‘iston hududi bo‘ylab terrorchilik xavfi bo‘yicha “qizil daraja”  joriy qilindi, deb yozadi Tengrinews.kz portali.

Portalning izoh berishicha, terrorchilik xavfining “qizil” darajasi o‘rnatilsa maxsus xizmat xodimlariga odamlarni va ularning buyumlarini hamda transport vositalarini  tintib ko‘rish, ularning harakatini vaqtinchalik cheklash yoki taqiqlash huquqi beriladi. Bunday daraja sharotida ular uylarga va boshqa xonalarga ham hech qanday to‘siqlarsiz kira oladi. Hatto, ular telekommunikatsiya tizimi kanallaridan uzatilayotgan axborotlar ustidan nazorat o‘rnatishi ham mumkin.

"Bundan tashqari, maxsus xizmat kuchlari to‘liq safarbar qilinishi  va jangovar holatga keltirilishi hamda cheklov choralari kuchaytirilishi ham mumkin", - deyiladi portal tarqatgan xabarda.

"Xabar 24" telekanalining ma’lum qilishicha, o‘tgan tunda Nur-Sultonga qurol olib kerish faktlarining oldi olingan.  Yosh yigitlar o‘tirgan bir nechta mikroavtobuslar qo‘lga olingan

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning ma’lum qilishicha, mamlakat hududida konstitutsion tartib asosan tiklangan.

Toqayevning matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytilishicha, juma kuni ertalab prezident terrorchilikka qarshi kurash shtabi bilan majlis o‘tkazgan. Majlisda prezident ma’muriyati, xavfsizlik kengashi, kuch ishlatar tuzilmalar rahbarlari ishtirok etgan.

"Antiterror amaliyoti boshlandi. Tartib o‘rnatuvchi kuchlar qattiq ishlamoqda. Mamlakatning barcha hududida konstitutsion tartib asosan o‘rnatildi. Mahalliy organlar vaziyatni nazorat qilib turibdi", - dedi Qozog‘iston lideri.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev  juma kuni mamlakatda yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat bilan chiqadi.

"Bugun tush paytida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston xalqiga murojaat bilan chiqadi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy vakili Berik Uali ma’lum qildi", - dedi "Xabar 24" telekanali boshlovchisi efir chog‘ida.

Xabarda ta’kidlanishicha, murojaat  respublika telekanallari orqali namoyish qilinadi.