Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Allergiya haqida nimani bilamiz? (+video)
15:21 / 2023-09-01

Odatda inson tanasi uchun xavfsiz bo‘lgan narsalarga immun tizimini kuchli javob reaksiyasi allergiya deb ataladi.

Allergenlar inson terisiga, shilliq qavatlariga (og‘iz, burun, tomoq, ko‘z, nafas yo‘llari), ovqat ta’sirida va in’eksiya qilish natijasida qonga tushib allergik reaksiya chaqiradi.  

Allergiya paydo bo‘lish sabablarining biri irsiy omillar bo‘lib, allergiyasi mavjud odamlarda deyarli bir xil gen mutatsiyasi aniqlangan. Bundan tashqari oilaviy bir moddaga nisbatan allergiya bo‘lishi ham uning irsiy omilini tasdiqlaydi. Keyingi muhim omil bu atrof muxit omillari hisoblanadi. Ya’ni tashqi teriga ta’sir qiluvchi allergenlar, ovqat tarkibidagi allergenlar va havodagi ifloslanish allergenlaridir.  

Bakteriya va viruslar immun sistemani chiniqtiradi va yot moddalarga tanaga xavfsiz usullar bilan javob berishga o‘rgatadi. Allergiya o‘zi nima, kelib chiqish sabablari va uni davolashdagi eng foydali usullar haqida allergolog Jasur Davlatov bilan batafsil suhbatlashdik:  

Batafsil:  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IVwpkhsmyVY" title="Allergiya haqida nimani bilamiz?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

"Salomatlik sirlari" ruknini kuzatib boring, o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘ligiga e’tiborli bo‘ling.  

M.Turdaliyeva, A.Sodiqov O‘zA