Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Kitobxon onalar kuni” munosabati hamda “Xon atlas oyligi” doirasida katta madaniy-ma’rifiy tadbir – “Alla – onalar qo‘shig‘i” respublika onlayn festivali bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mamlakatimizning barcha hududlaridan mingdan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi. Asosiy studiyada esa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faol onalar, kitobxon ayollar hamda ijodkorlar to‘plandi.
Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva, Jamila Shermuhammedova, so‘zga chiqib, ayolning oila va jamiyatdagi o‘rni, milliy qadriyatlarni asrab-avaylashda onalar qo‘shig‘ining tarbiyaviy ahamiyati haqida alohida ta’kidladilar.
Festival davomida “alla”larning beqiyos ohanglari yangradi, ishtirokchilar ona mehrini, Vatan va oila qadriyatlarini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar orqali milliy an’analarimizni keng targ‘ib etdilar.
Bu kabi ma’rifiy loyihalar kitobxonlikni targ‘ib qilish, ona mehrini ulug‘lash va yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/NpvCsTl5dso" title="“Alla – onalar qo‘shig‘i” respublika onlayn festivali o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA