“Alla” filmi “Bastau” xalqaro kinofestivalida qatnashadi
Yosh kinorejissyor Fotih Nasimovning “Alla” nomli qisqa metrajli filmi Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bastau” xalqaro kinofestivalida qatnashadi.
Yosh kinorejissyor Fotih Nasimovning “Alla” nomli qisqa metrajli filmi Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bastau” xalqaro kinofestivalida qatnashadi.
Sakkizinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro kinofestivalda talabalar va kino maktablari o‘quvchilari o‘z filmlari bilan ishtirok etadi.

“Alla” qisqa metrajli filmini Fotih Nasimov bitiruv malakaviy ishi sifatida, davlat granti asosida suratga olgan. Mutaxassislar kartinani yuqori baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, Fotih Nasimov ayni paytda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistranti. Yangi filmlar ustida ishlab, aktyorlik san’atida ham o‘zini namoyon etib kelmoqda.