Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi
14:47 / 2022-02-02

Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining ishchi guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, sohaga oid vazirlik, idoralar, ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini dastlabki tarzda muhokama qildi.

Qayd etilganidek, Qonun alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan. Hujjat fuqarolarning, eng avvalo, yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarning sog‘lig‘ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning zararli ta’siridan, bu bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirish uchun tashkiliy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Yig‘ilishda Qonun bilan kiritilayotgan yangi normalarga nisbatan berilgan takliflar ham muhokama etildi. Xususan, hujjatning Tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining aylanishi to‘g‘risidagi moddasida chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini, shu jumladan, tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan chekilmaydigan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (shu jumladan, xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali olib kirish) hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish taqiqlanishi belgilangan.

Respublika hududida faoliyat yurituvchi “UZBAT A.O.” qo‘shma korxonasi mazkur norma investitsiya loyihasiga ta’siri to‘g‘risida fikr va takliflar bildirdi.

Ishtirokchilar Qonun yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda, hujjatni takomillashtirish lozimligini ta’kidladi.

 

O‘zA