English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi
17:41 / 2020-02-05

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006 yil 7 noyabrdagi PQ-505-son qaroriga muvofiq hamda alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2020 yil 1 apreldan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari namunalari va tavsiflari ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.

Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan hamda ulgurji va chakana savdo tarmog‘idagi alkogol va tamaki mahsulotlari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kundan boshlab to‘qqiz oy o‘tgach markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.

Qaror loyihasida keltirilgan 2020 yilning 1 aprelidan boshlab joriy etiladigan yangi namunadagi alkogol mahsulotlari aksiz markalarining tavsifi quyidagicha:

2020 yilning 1 aprelidan boshlab joriy etiladigan yangi namunadagi tamaki mahsulotlari aksiz markalarining tavsifi esa quyidagicha: