Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alkogol va tamaki bozorida nazorat tizimi avtomatlashtiriladi
15:30 / 2025-10-19

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 17 oktyabridagi 650-sonli qarori bilan “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol hamda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha xavfni tahlil etish avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu nizom alkogol va tamaki mahsulotlari hamda etil spirti ishlab chiqarish va aylanmasi jarayonlarini raqamli nazorat ostiga olishni ko‘zda tutadi.

Nizomning asosiy maqsadi — sohadagi xavf darajasini tahlil qilish orqali huquqbuzarliklarni oldini olish va tadbirkorlik faoliyatini shaffoflashtirishdir.

Hujjat talablari alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi, shuningdek eksport-import faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga tatbiq etiladi.

Xavf darajasini tahlil etish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish yoki unga to‘sqinlik qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Xavf darajasidan kelib chiqib, tadbirkorlar uch toifaga ajratiladi. Xususan, xavfi yuqori bo‘lganlar, Xavfi o‘rtacha bo‘lganlar, Xavfi past bo‘lganlar.

Xavf darajasi yuqori bo‘lmagan tadbirkorlarga esa shaxsiy kabinet orqali ogohlantiruvchi xabarnoma yuboriladi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish tavsiya etiladi.

Sh. Mamaturopova, O‘zA