Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda uchrashuvlar o‘tkazildi
17:09 / 2025-03-17

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Toshkent shahridagi alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvda tadbirkorlarga alkogol va tamaki bozorini tartibga solish sohasida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 20 fevralda qabul qilingan “Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Qonunga binoan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga, shuningdek, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyatga berilgan litsenziya uchun navbatdagi yillik to‘lov litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin to‘lanishi, keyingi to‘lov belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turish bo‘yicha norma kiritildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 29 yanvarda qabul qilingan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 45-son qaroriga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur qaror bilan ishlab chiqarilgan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini hisobga olish, iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini saqlash, tashish va ulgurji sotish hisobini yuritish hamda iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, quyish, saqlash va ulgurji sotishni nazorat qilish tartibi belgilab berilmoqda.

Inspeksiya xodimlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish jarayonida korxonalarda uchrayotgan muammolar va ularni yechimi bo‘yicha fikr-mulohazalari hamda takliflari olindi.

Shuningdek, sohada yaratilayotgan texnik imkoniyatlar, integratsiyaning afzalliklari hamda elektron hisoblash uskunalarini tamg‘alash tartib-qoidalari haqida so‘z yuritildi.

O‘zA