Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliyev Armaniston taklifiga izoh berdi
12:45 / 2024-10-15

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Belgiyaning Bokudagi yangi elchisi Jyulen de Frepo bilan uchrashuvda Yerevanning tinchlik bitimini qisqartirilgan shaklda imzolash taklifini g‘alati deb atagan. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH sammitida oktyabr oyida Ozarbayjon bilan shu vaqtgacha kelishilgan bandlar asosida tinchlik shartnomasini imzolash va qolgan bandlar bo‘yicha ishni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

“Afsuski, Armaniston tomoni Bryussel jarayonini davom ettirmaslikka qaror qilgan, tinchlik shartnomasining barcha bandlari bir xil qiymatga ega va ularni ajratib bo‘lmaydi”, – degan Aliyev.

“Prezident Armaniston hukumatining shartnomani qisqartirilgan shaklda imzolash haqidagi g‘alati taklifini mutlaqo asossiz, deb bilishini qo‘shimcha qildi”, – deyilgan xabarda.

Aliyev Yevropa Ittifoqini bu masalada betaraf bo‘lishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI bilan ishonchsizlik chegaradagi Yevropa kuzatuvchilari missiyasi vakolati Boku roziligisiz uzaytirilishiga sabab bo‘lgan.

Davlat rahbari vakillari eslatganidek, ruxsatnoma 2022 yil oktyabr oyida ikki oy uchun berilgan va missiya cheklangan miqdordagi iste’fodagi zobitlardan iborat bo‘lishi kerak edi.

“Aliyev aytishicha, siyosiy madaniyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, “durbindan qarab yuritiladigan diplomatiya”ni qabul qilib bo‘lmaydi”, – qo‘shimcha qilingan xabarda.

2022 yil Yerevan va Boku Rossiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi vositachiligida bo‘lajak tinchlik shartnomasini muhokama qila boshlagan. O‘tgan yil may oyi oxirida Bosh vazir Pashinyan Ozarbayjon suverenitetini Qorabog‘ bilan birga tan olishga tayyorligini ma’lum qilgan.

S.Rahimov,

O‘zA