English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqining unga nisbatan joriy qilgan sanksiyalariga izoh berdi
16:11 / 2022-03-02

CentralAsia.Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi sababli asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya milliarderi Alisher Usmonovning aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Rossiyalik milliarder bu borada o‘z fikrlarini bildirdi.

 “2022 yilning 28 fevral kuni  Yevropa Ittifoqi menga nisbatan sanksiyalarni joriy qildi. Bu adolatsiz qaror deb bilaman va sanksiyalarni  oqlaydigan sabablar mening sha’nim, qadr-qimmatim va ishchanlik obro‘-e’tiborimni kamsituvchi yolg‘on  ayblovlardir.  Men o‘z sha’nim va obro‘yimni  himoya qilish uchun barcha qonuniy vositalardan foydalanaman”, - deb yozadi milliarder o‘zining ochiq xatida. 

Shuningdek, Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi rahbari lavozimini tark etishini ham ma’lum qildi. U adolat qaror topmaguncha, bu lavozimni tark etishini qayd etdi. Yevropa Ittifoqi 28 fevral kuni  Alisher Usmonovdan tashqari, Rossiyaning 25 nafar ishbilarmonlari,  harbiylari, siyosatchilari, jurnalistlari va madaniyat arboblariga qarshi  sanksiyalar kiritdi.

I. Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA

D.U.