Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga qayta saylandi
22:04 / 2021-11-27

Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining kongressi davom etmoqda.

Kongress kun tartibidagi asosiy masala tashkilotga yangi Olimpiada sikli uchun rahbar saylash edi. Unda amaldagi prezident Alisher Usmonov g‘alaba qozonib, tashkilotdagi boshqaruvini davom ettiradigan bo‘ldi.

Mazkur tadbirga rasmiy mehmon sifatida tashrif buyurgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Alisher Usmonovni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Eslatib o‘tamiz, A.Usmonov 2008 yildan beri Xalqaro qilichbozlik federatsiyasini boshqarib kelmoqda.

Quvonarlisi, saylov yakunlariga ko‘ra hamyurtlarimiz ham tashkilotning bir qator bo‘limlari tarkibiy qismiga kirishdi. Jumladan, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova targ‘ibot qo‘mitasi, “Tokio–2020” Olimpiadasida referilik qilgan Aida Hasanova hakamlar qo‘mitasi tarkibiga kiritildi.

Tadbir davomida 2023 yilgi jahon chempionati mezbonligiga da’vogar Toshkent shahrining taqdimoti namoyish etildi. Taqdimotni O‘zbekiston MOQ va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov hamda Gulnora Saidova o‘tkazishdi. Garchi u ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa ham, yakunda mezbonlik Milanga nasib etdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonovni ushbu lavozimga qayta saylangani bilan muborakbod etib, uning kelgusi faoliyatida ham muvaffaqiyat tilab qoladi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

O‘zA