Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Sa’dullayev: har yili 100 milliardga yaqin pul yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi uchun sarflanadi
14:55 / 2025-10-15

Prezidentimiz tashabbusi va yoshlarimizning taklifi bilan endilikda 100 ming nafar yosh oilaviy sharoitidan qat’iy nazar iqtidoriga qarab chet tillarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev quyidagilarni ma’lum qildi:

– Davlatimiz rahbari 100 ming yoshlarni sharoitidan qat’iy nazar, jumladan, u kam ta’minlangan oiladanmi yoki o‘ziga to‘q xonadondanmi farqi yo‘q, iqtidoriga qarab o‘qish xarajatlarini chet tillarini o‘rganishi uchun qoplab berishini yo‘lga qo‘yib berdilar.  

Xususan, siz til o‘rganib, o‘quv markaziga bormoqchi bo‘lsangiz, lekin xarajatni qoplash uchun mablag‘ingiz bo‘lmasa, davlat buni qoplab beradi.  

Bu qanday amalga oshiriladi? Siz V2 yoki S1 olmoqchisiz. Shunda 2 oylik xarajatni o‘zingiz qoplaysiz, 2 oy o‘qiganingizdan keyin o‘quv markazi bizga elektron tizim orqali sizning yaxshi o‘quvchi ekanligingiz, haqiqatan ham 6 oy davomida davlat to‘laydigan mablag‘ni oqlashingizga ishonch bildirishini ma’lum qilib bizga tasdiqnoma beradi. Shundan so‘ng biz 6 oylik xarajatni qoplashni boshlaymiz.  

Toshkent shahrida taxminan 8 yuz 24 ming so‘m bo‘lgan, viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazlarida 6 yuz18 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorni qoplab beramiz. Olis hududlardagi tuman va shaharlardagi 4 yuz 12 so‘mgacha bo‘lgan xarajatlar ham davlat tomonidan qoplab beriladi. Buning evaziga har yili 100 milliardga yaqin pul yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi uchun sarflanadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA