French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Qodirov: “Nima uchun tarbiya jarayonlarini davlat kafolatlamasligi kerak?”
08:33 / 2022-06-04

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida oʻtkazilgan Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yigʻilishida “Milliy tiklanish” fraksiyasi raisi Alisher Qodirov partiyaning Konstitutsiyaning aniq moddalariga bir qator oʻzgartirish kiritish boʻyicha oʻz takliflarini maʼlum qildi.

Yigʻilishda Alisher Qodirov aynan Konstitutsiyaning 31-modda, 41-modda va 63-moddasiga oʻzgartirish kiritish takliflarini ilgari surgan. Xususan, oila, vijdon erkinligi va tarbiya kafolati borasida moddalarga oʻzgartirishlar kiritilishi haqida fikr bildirgan.

- Partiyamiz elektorati oʻtkazgan yigʻilishda aniq moddalarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha bir qator takliflar berdi, - deydi Alisher Qodirov. - Xususan, 63-moddada oila bilan bogʻliq boʻlgan norma bugungi kunda tomonlarning ixtiyoriy roziligi bilan tashkil etiladigan uyushma ekanligi taʼkidlangan. Oilaning ayol va erkakdan iborat boʻlishi biz uchun qadriyat darajasida muhim ahamiyatga ega ekanligini bilgan holda 63-moddada bu masalani aniq belgilab qoʻyishimiz zarur.

Ikkinchidan, Konstitutsiyaning 31-moddasida vijdon erkinligi taʼminlanishi va hech kimni hech qanday eʼtiqodga majburlanishi mumkin emasligi belgilab qoʻyilgan. Elektoratimizdan kelayotgan juda koʻp takliflar asosida shu moddaga diniy eʼtiqod masalasida fuqarolarni kamsitish ham mumkin emasligini kiritib qoʻyish kerak.

Shuningdek, 41-moddada umumiy taʼlimning davlat tomonidan kafolatlanishi belgilangan. Nima uchun taʼlim davlat kafolatida, lekin tarbiya jarayonlarini davlat kafolatlamasligi kerak? Bu yerda mamlakatni 18 yoshdan keyin himoya qilishi, rivojlantirishi uchun hissa qoʻshishi kerak boʻlgan fuqaroning shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻlgan 3–5 yillik davr haqida gap ketyapti. Taklifimiz, aynan shu davrda davlat tarbiyani oʻz kafolatiga olishi juda ham muhim.

OʻzA