Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Qodirov: Korrupsiya — ma’naviy axloqsizlik va tarbiyasizlik
15:40 / 2022-12-13

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan parlamentga taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida Milliy ma’ruza yuzasidan O‘zMTDP fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov munosabat bildirar ekan, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida fraksiyaning taklifini ma’lum qildi:

— Parlamentga taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida Milliy ma’ruzada korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan keng qamrovli ishlar e’tirof etilgan.   

Korrupsiya — birinchi o‘rinda ma’naviy axloqsizlik va tarbiyasizlikdir. Agar biz korrupsioner bilan emas, korrupsionerni yetishtirib berayodigan muhit bilan ham kurashishni yo‘lga qo‘ysak, bu muammoning zaiflashishiga sabab bo‘ladi. Bizning qadriyatlarimizda birovning haqqi degan tushuncha bor. Bu tushuncha, “halollik vaksinasi” degan tushunchani bog‘chadan boshlab bolalar ongiga singdirsak, korrupsiya bizga yot bo‘ladi. Shu ma’noda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga taklifimiz bo‘ladiki, agentlik shafeligida grantlar e’lon qilinsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qanday metodologiya asosida bolalarga buni tushuntirish mumkin, qanday yetkazish mumkin — bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni agentlik rag‘batlantirsa, bog‘chalarda korrupsiyasiz hududlarni tashkil etish choralari o‘rganilsa, ijobiy hol bo‘lar edi, — dedi A.Qodirov.  

Muhtarama Komilova, O‘zA