French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiyning me’moriy merosi (+video)
16:47 / 2026-02-10

Alisher Navoiy Hirotda vazir bo‘lgan yillarida butun kuchini mansab va shon-shavkat uchun emas, balki el-yurt uchun xizmat qilishga, odamlarning har qanday ishini xalq farovonligiga yo‘naltirishga, bunyodkorlik va ma’rifatga qaratdi.

Navoiy “fuqaro va darveshlarning farovonligi g‘arib hamda musofirlarning faroqati uchun” ko‘plab jamoat binolari va inshootlari: xonaqoh, masjid, madrasa, karvonsaroy, hammom, rabot, hovuz va ko‘priklar qurdirgan. Tarixchi Xondamir Navoiy qurgan ba’zi imoratlarning aniq tafsilotlarini keltiradi. Ular orasida 52 rabot, 18 masjid, 3 madrasa, 16 ko‘prik, 19 hovuz, 9 hammom va boshqa bir qancha imoratlar va inshootlar bo‘lgan. 

Bugungi lavhamizda hazrat Navoiyga tegishli me’moriy meros haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Batafsil:

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EZTbbQzejEk" title="Alisher Navoiyning me’moriy merosi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA