Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiyning 580 yilligi – Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidan onlayn reportaj (video)
09:52 / 2021-02-09

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida ulug‘ mutafakkir, shoir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir boshlanish arafasida.

Garchi havo biroz salqin, bulutli bo‘lishiga qaramay , bu yerga erta tongdanoq keng jamoatchilik vakillari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, o‘quvchilar, talaba-yoshlar to‘plandilar.

Xiyobonda adabiy gurunglar, zavqli suhbatlar, mushoiralar avjida.

–  Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan bu yilgi tadbirlar g‘oyat ko‘tarinki va o‘zgacha ruhda kechmoqda, – dedi taniqli shoir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘ayrat Majid. – Navoiy tavalludiga oid tadbirlar nainki mamlakatimizda, balki xorijiy mamlakatlarda ham keng nishonlanmoqda. Hazrat Navoiy millatimizning faxri, g‘ururidir. Qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbirlar yil davomida o‘quv maskanlari, ijodiy tashkilotlar, ma’rifiy maskanlar, mahallalarda bo‘lib o‘tadi.

<iframe width="1366" height="657" src="https://www.youtube.com/embed/HMqvl2t7OTM" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

N.Usmonova, O‘zA