French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiy siymosi va asarlari sahnada
14:54 / 2021-12-24

Poytaxtimizda “Alisher Navoiy siymosi va asarlari sahnada” respublika teatrlarining ko‘rik-festivali g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov bugungi yangilanish jarayonlarida mamlakatimiz ijodiy jamoalari zimmasidagi vazifalar ham o‘ta zalvorli ekanini ta’kidladi.  

Joriy yilda nainki mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan bu borada ilgari surilgan tashabbuslar mutafakkir bobomizning ijodiga oid tadqiqotlarni yanada kengaytirish, ommalashtirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Ma’lumki, tarixiy mavzu teatrlarimiz uchun g‘oyat murakkab, ham o‘ta mas’uliyatlidir. “Alisher Navoiy siymosi va asarlari sahnada” nomli respublika ko‘rik-festivali Navoiy shaxsiyati, uning asarlarini spektakllar orqali tomoshabinlarga taqdim etish imkonini bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Ko‘rik-festivalda mamlakatimizning turli hududlaridagi teatr jamoalari Navoiy siymosi aks etgan hamda uning asarlarida tarannum etilgan g‘oyalar asosidagi spektakllar taqdim etdilar.

Ko‘rik-festival yakunida eng yaxshi sahna asarlari yaratgan ijodiy jamoalar taqdirlandi.

 

Nazokat Usmonova, O‘zA