Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiy shaxsidagi zamonaviy siyosatshunoslik
12:20 / 2024-02-09

Hazrat Alisher Navoiyning boy ilmiy-ma’naviy merosi har bir davr avlodlarini tarbiyalashga, shuningdek, o‘zbek adabiyoti rivojiga xizmat qilib kelmoqda. Asrlar o‘tsada, buyuk ajdodimizning bebaho asarlari o‘z qiymatini yo‘qotmasdan kelayotir.

Aksincha, hayotimizdagi, milliy adabiyotimizdagi o‘rni yanada yuksalib bormoqda. Uning asarlari hamma davrda taqlid va ilhom manbai, tarbiya asosi bo‘lib hisoblanib kelgan.  

Yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida “Alisher Navoiy shaxsidagi zamonaviy siyosatshunoslik” mavzusida tashkil etildi.  

O‘zLiDeP Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda navoiyshunos olimlar, siyosatshunoslar, partiya faollari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.  

Tadbirda Alisher Navoiyning boy merosi, asarlari, ularda ifoda etilgan mavzular ko‘lami haqida keng ma’lumotlar berildi. Qayd etilganidek, Navoiy yozgan she’rlarining miqdoriga ko‘ra peshqadam bo‘lgan. U o‘z she’riyati orqali o‘zbek adabiyotini yangi darajaga olib chiqdi. Navoiyning nazmi mavzusining kengligi hamda janrining xilma-xilligi bo‘yicha undan oldingi o‘zbek adabiyotini ortda qoldirishi alohida e’tirof etildi. Navoiy nazmda dostonlardagi kabi dunyoviy va diniy, so‘fiylikning dolzarb masalalarini ifoda qilgan. 

[gallery-15875]

Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. U mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan. Ilm, fan, san’at, madaniyat rivojiga homiylik qilgan, tinchlik va totuvlik hukmron bo‘lishi uchun intilgan. Alisher Navoiyning oxirgi “Mahbub ul-qulub” asarida shoirning so‘nggi ijtimoiy va siyosiy qarashlari yoritilgan.  

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Navoiy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati haqida to‘xtalib, uni o‘qib-o‘rganish, chuqur tahlil va xulosa qilish muhim ekanini ta’kidladi.  

Muhtarama Komilova,

Davron Ernazarov (surat), O‘zA