Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi Eronga ilmiy ekspeditsiya uyushtiradi
20:31 / 2022-07-28

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori Olimjon Davlatov 2022 yili 28 iyulda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hamid Nayyirobodiyni qabul qildi.

Tomonlar Alisher Navoiy shaxsiyati va ijodini tadqiq va targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Eron elchisi so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabat va ko‘p qirrali hamkorlik kuchayib borayotganini, ayniqsa, ilm-fan va madaniyat sohasida o‘zaro hamkorlik va muloqotlar faollashayotganini qayd etdi. Eronda Temuriylar davri, ayniqsa, Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq bo‘lgan madaniy meros ob’ektlari bugungacha saqlanib qolgan bo‘lib, turkiy xalqlarning ma’naviy bayrog‘i bo‘lgan buyuk Navoiy o‘z navbatida fors xalqining ham sevimli shoiri va davlat arbobi ekanini alohida ta’kidladi.

Navoiy hayotining muayyan qismi Yazd, Nishopur, Mashhad, Astrobod shaharlarida o‘tgani tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo bugungi kungacha mazkur shaharlarning shoirning ijodiy biografiyasidagi ta’siri yetarlicha o‘rganilgan emas. Shuningdek, Erondagi kutubxonalarda Navoiy asarlarining hayotligi davrida ko‘chirilgan qo‘lyozmalari mavjud bo‘lib, ular o‘z tadqiqotchilarni kutmoqda, - deya ta’kidladi fond ijrochi direktori Olimjon Davlatov.

Muloqot davomida Navoiy asarlari qo‘lyozmalari nusxalarini O‘zbekistonga keltirish, Erondagi Navoiy nomi bilan bog‘liq me’moriy obidalarni o‘rganish, shoirning forsiy merosini chuqurroq o‘rganish, o‘zbekcha g‘azallarini fors tiliga tarjima qilish masalalari ham muhokama qilindi.

O‘zbek va eronlik navoiyshunoslar ishtirokida Eronda “Alisher Navoiy izidan” xalqaro ilmiy ekspeditsiya uyushtirish haqida kelishuvga erishildi. Ekspeditsiya davomida ilmiy tadqiqot muassasalari va yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolash ham nazarda tutilgan.

O‘zA