Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiy: “Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l”
09:48 / 2025-04-04

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi homiyligida yangi kitob

Alisher Navoiy asarlaridan tartib berilgan “Navosiz ulusning navobaxshi bo‘l” kitobi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida nashrdan chiqdi...

Kitobdan so‘z mulkining sultoni, ulug‘ mutafakkir Hazrat Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridagi hikmatlar, “Nazm ul-javohir” asaridagi Hazrat Ali hikmatlarining o‘ziga xos talqini hamda nashrga tayyorlovchilar tomonidan tayyorlangan nasriy bayoni, “Nasoyim ul- muhabbat” asaridagi olima, orifa, obida ayollarning yuksak axloq-odobi, ma’naviyati haqidagi hikoyatlar o‘rin olgan.

TANBEHLAR turkumidan...

“Shundayki, nafsiga bo‘ysungan kishining manzili nafsoniyatdir. Hech kim o‘z ko‘ngliga g‘am tilamaydi va o‘z nafsini qiynashni istamaydi. Ammo o‘zga bir aziz zotni behad xor bo‘lganini ko‘rsa, o‘ziga ozgina qiyinchilik bo‘lgancha ham ta’sirlanmaydi. Bir azizning sha’niga qattiq yetganchalik holni o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Barcha uchun o‘zi o‘zgadan azizroq, o‘z so‘zi o‘zgalarnikidan ma’qulroq. Odam olamdagi yaxshiliklarni o‘ziga ravo ko‘radi, ammo buni o‘zgalarga ravo ko‘rmaydi...”.

Navoiy hikmatlaridan bahramand bo‘ling.                                                                                                         

                                                                                                             O‘zA