Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir milliy adabiyotimiz asoschisi bo‘lgan bobokalonimizning boy ilmiy va ijodiy merosini keng targ‘ib etish, yoshlar ongida ma’naviy-ma’rifiy qarashlarni mustahkamlash hamda kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratildi.

Tadbir davomida kursantlar va o‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy g‘azallari va to‘rtliklaridan namunalar mahorat bilan ijro etildi.
Shuningdek, buyuk mutafakkir hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Badiiy va musiqiy chiqishlar tadbirning mazmun-mohiyatini yanada boyitib, ishtirokchilarda yuksak estetik did va ma’naviy zavq uyg‘otdi.

Qayd etilganidek, mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, buyuk ajdodlarimiz merosiga sadoqatni kuchaytirish hamda ma’naviy barkamol shaxslarni voyaga yetkazishga xizmat qildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA