Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiy merosi asrlar osha tobora baland qadr-qimmat qozonmoqda
09:30 / 2023-02-09

Biz hamisha ko‘nglimiz bog‘ini parvarishlab, olam chamanidagi go‘zallik va falsafiy hikmatlarni ko‘ra olishimizga ko‘mak beradigan bog‘bonlarga muhtojmiz. Mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy barchamiz uchun ana shunday yo‘l ko‘rsatuvchi charog‘bonlardan biridir.

 Zero, Alisher Navoiy qoldirgan ulkan ma’naviy-ma’rifiy meros asrlar osha tobora baland qadr-qimmat qozonmoqda. Ayni shu ma’noda kuni kecha Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Alisher Navoiy ijodining umumbashariy ahamiyati va o‘rganilishi” mavzusidagi ilmiy seminar ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 


 
Tadbirda Turkiyaning Bashkent universiteti qoshidagi Alisher Navoiy markazi mudiri, professor Abdurahmon Go‘zal, Firat universiteti professori, “Til o‘rganish metodikasi” mutaxassisi Sezgin Demir va Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan navoiyshunos olimalar – Xosiyat Bekmirzayeva va Barno Ishaqova ishtirok etdi. 


 
Ma’lumki, bugungi kunda mutafakkir bobomizning hayoti va ijodi Sharqda ham, G‘arbda ham keng o‘rganilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston jahon navoiyshunosligining markaziga aylandi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu izlanishlarning aksariyatida shoir shaxsi va ijodiga yuksak baho berilib, mutafakkir bobomiz merosining umumbashariy ko‘lami chuqur tadqiq etilmoqda. Quvonarlisi, shoirning ijod namunalari jahon xalqlarining ko‘plab tillariga tarjima qilinib, olimlar, keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. 
 
Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan Alisher Navoiy asarlarining Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlarida o‘rganilishi, tarjimalari va yangi nashrlari xususida so‘z yuritildi. Oldinda qilinajak vazifalar belgilab olindi. 

O‘zA