Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi (+video)
16:23 / 2026-02-09

9 fevral - buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Adiblar xiyoboni” bayramona bezatildi va shoir haykali poyida adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda davlat va jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar, diplomatlar, xorijiy mehmonlar, adabiyotshunos olimlar, ijodiy tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari to‘planishdi.  Alisher Navoiy ijodiga oid yangi kitoblar namoyish qilindi. Yaponiya, Xitoy davlatidan kelgan talabalarning Alisher Navoiy g‘azallarini sof o‘zbek tilida aytilishi jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi.

Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov, Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Duyshunqul Chotonov, italiyalik mehmon Sandro Teti nutqi tinglandi. Italiyalik mehmon “Lison ut-tayr”, ya’ni “Qushlar tili” dostoni ilk bor italyan tiliga tarjima qilinib, ushbu davlatda chop etilgani bilan yurtdoshlarimizni tabrikladi.          

Shundan so‘ng taniqli navoiyshunos olim, Alisher Navoiy fondi direktori Olimjon Davlatovning fond tomonidan 2025 yilda Alisher Navoiy ijodini jahon miqyosidagi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ishlar haqidagi ma’lumotlari tinglandi.              

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodiyoti, Navoiy dahosining jahon miqyosidagi e’tirofi haqida so‘zlab berdilar. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida tobora rivojlanib borayotgan madaniy-gumanitar hamkorliklar hamda 2025 yilda O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali barpo etilgani haqida aytildi.          

Tadbir yakunida ishtirokchilar Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Shundan so‘ng Adiblar xiyobonida yozuvchi va shoirlar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida adabiyot va kitobxonlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mrPEVQtn_X0" title="Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA