Alisher Navoiy — buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi, adolatli siyosatchi, islohotchi, ilm-fan homiysi, shuningdek, shoir va mutafakkir sifatida o‘zbek xalqi va kishilik tarixida chuqur iz qoldirgan.
Ko‘pchilikka adabiy va ma’rifiy faoliyati bilan tanish Alisher Navoiy so‘nggi temuriylar davri siyosiy va iqtisodiy hayotida juda katta o‘rin tutgan shaxs hamdir. Alisher Navoiy tavallud ayyomi arafasida FA Tarix institutida uyushtirilgan umummilliy ilmiy yig‘in buyuk ajdodimizning shaxsiyati, milliy davlatchiligimizdagi o‘rni, homiyligida qurilgan me’moriy inshootlar, ilm-fanga munosabati, ayniqsa, tarix ilmining yuksalishidagi xizmatlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar natijalariga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida Alisher Navoiyning davlatchilik tariximizdagi o‘rnini o‘rganishning dolzarbligi, bu borada mutaxassislar tayyorlash zarurati ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, Temuriylar chog‘ida yashab ijod qilgan bu qomusiy olim Alisher Navoiy uchun aniq fanlarga oid 10 ga yaqin kitob yozgani ma’lum bo‘ldi.
“Alisher Navoiy – buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi” umummilliy ilmiy yig‘inda e’lon qilingan ilmiy natijalar, ma’rifiy fikrlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning buyuk bobomizning serqirra davlatchilik, ma’rifiy va ijodiy faoliyati bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi degan umiddamiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Su9FVf7sjpM" title="Alisher Navoiy – buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA