Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Aliqulov: rassom har kuni o‘zida kuch, ilhom topishi kerak (+video 1-qism)
12:34 / 2025-11-04

“Ustaxona”

Go‘zallik insonda yoqimli taassurot uyg‘otadi, xush kayfiyat, quvonch bag‘ishlaydi. Tasviriy san’at asarining g‘oyasi, tarixiy mazmuniga qarab o‘smirlarda ijobiy yoki salbiy kechinmalarni paydo qiladi. Ularda muhabbat yoki nafrat ham aks ettirilishi mumkin. San’at shunday bir sehrli olamki, unga kirgan va vaqtini besamar o‘tkazgan odamni kechirmaydi. Shuning uchun rassom har qanday sharoitda ijodni birinchi darajaga qo‘yshi, har kuni o‘zida kuch, ilhom topishi kerak.

Xabaringiz bor, o‘z ijod namunalari bilan dunyolarni zabt etayotgan o‘zbek rassomlari haqida hikoya qiluvchi “Ustaxona” loyihasi e’tiboringizga taqdim etib kelinmoqda. Loyihaning bu galgi qahramoni  O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi, O‘zbekiston xalq rassomi Alisher Aliqulov bo‘ladilar.

Uning ijodida tarixiy mavzular katta rol o‘ynaydi.  Tarixiy voqealar, shaxslar, an’analar va marosimlarni realizm asosida aks ettiroladigan qahramonimiz G‘alaba bog‘idagi asar va “Imom Buxoriy hayot yo‘llari va merosi” uchun 1-darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

U dastgohli rangtasvirda ham ishlaydi. “Amir Temurning To‘xtamish ustidan g‘alabasi” va “Samarqand bozori”, “Amir Temur maqbarasi”, “Sovg‘a” (2003), “Tong”, “Tuman” va bir qancha asarlar yaratgan. Yaqinda Islom sivilizatsiya markazining  foyesida 14 ta ravoqda O‘zbekistonning buyuk siymolari tasvirlandi.  

Umrini tarixiy asarlar, buyuk allomalarimiz, milliy o‘zligimizni aks ettirishga bag‘ishlab, tasviriy san’at asarlari bilan xalqimizni hayratlantirayotgan rassom, rangtasvir kafedrasi professori Alisher Aliqulov bilan bo‘lgan suhbatning 1-qismi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/NrrkqZgjE1A" title="Ustaxona: Alisher Aliqulov" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Munira Ramazonova,

Oybek Davranov, Yoqub Meliboyev, O‘zA