Alimov Azamat Xasanovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Travmatologik operatsiyalarni umumiy og‘riqsizlantirishda operatsiyadan keyingi kognitiv buzilishlarni prognozlash va profilaktika qilish” mavzusida
Alimov Azamat Xasanovichning 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya ixtisosligi bo‘yicha “Travmatologik operatsiyalarni umumiy og‘riqsizlantirishda operatsiyadan keyingi kognitiv buzilishlarni prognozlash va profilaktika qilish” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 19-dekabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100115, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Kichik ҳалқа yo‘li ko‘chasi 2.
Tel.:(+99878) 150-46-00
e-mail: uzmedicine@mail.ru