Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alimentlar undirilmoqda
12:48 / 2022-07-31

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan tasdiqlangan qo‘shma farmoyish asosida tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tomonidan Majburiy ijro byurosining Qonliko‘l tuman bo‘limiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Xususan, “Yoshlar markazi”da tashkil etilgan mexnat yarmarkasida 22 nafar aliment to‘lovchi ishsiz qarzdor tumandagi “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilayotgan 10 ta ko‘p qavatli turar joy qurilishi ishlariga ishga joylashishi yuzasidan  amaliy yordam berildi.

Bundan tashqari, bir kun ichida 3 nafar qarzdordan 7 million 142 ming so‘mlik aliment nafaqasi undirilishi ta’minlandi. Shuningdek, aliment to‘lovini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab qidiruvda yurgan 2 nafar qarzdorning Qozog‘iston Respublikasida ekanligi aniqlanib, ularning  ota-onalari orqali jami 8 million 595  ming 748 so‘mlik qarzdorlik undirildi. 

Dovud Abibullayev, O‘zA