Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alimentchi ota “15 sutka”dan keyin 121 million so‘m to‘ladi
11:39 / 2022-11-22

Fuqarolik ishlari Samarqand shahar sudining 2019 yil 16 apreldagi qaroriga asosan qarzdor X.J.dan undiruvchi A.B.ning foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi tomonidan yuritilgan mazkur ijro ishi bo‘yicha qarzdorning mol-mulklari aniqlanib, taqiq qo‘yilgan. Hatto ikki oy oldin aliment pulini to‘lamagani uchun 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. MIB xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari va tushuntirish ishlari natijasida qarzdor ota farzandlari voyaga yetgunga qadar hisoblangan 121 million so‘m aliment pulini to‘lab berdi.  

G‘.Hasanov,  

O‘zA