Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliment uchun chala uchastka
18:43 / 2021-10-13

Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudi A.Ismatullayevdan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish haqida qaror chiqaradi...

Qarzdor negadir 2020 yilning martidan aliment to‘lashni to‘xtatib qo‘yadi. O‘sha vaqtga qadar to‘lovlarda qunt qilib kelayotgan edi. Fuqaro bu yog‘iga sud qarori ijrosini ta’minlamay kelaveradi, yashirinib yuradi. Shu sababli MIB Beshariq tuman bo‘limi tomonidan A.Ismatullayevga qidiruv e’lon qilinadi.

Tezkor choralar natijasida joriy yilning 7 oktyabrida qarzdor ota ushlanadi. Unga aliment qarzini to‘lashi, aksincha ersa, MJtKning 47-4-moddasiga asosan, ma’muriy ish qo‘zg‘atilishi mumkinligi tushuntiriladi. Natijada qarzdor turar joy poydevori qurilishi boshlangan 0,08 gektar o‘ziga tegishli yer uchastkasini notarial tartibda sobiq turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirib beradi (aliment uchun).

Ishning yakunida undiruvchining arizasiga binoan, ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlanadi.

Maftuna KARIMOVA, O‘zA