Aliment uchun 215 million so‘m oldindan to‘lab berildi
Alimentlarni oldindan to‘lash tartibi joylarda tushuntirib borilayotgani natijasida aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash istagini bildirayotgan otalar soni ortib bormoqda.
Hazorasp tumanida istiqomat qiluvchi R.S. uch nafar farzandlari uchun aliment to‘lab kelayotgan edi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, sudning ijro hujjatiga binoan qarzdorning mamlakat hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Oldindan, eng kami besh yil muddat uchun aliment to‘lash mumkinligi Byuro xodimlari tomonidan tushuntirilgach, R.S. farzandlari uchun besh yillik aliment pullarini to‘lab berdi.
2030 yilga qadar hisoblangan 215,8 mln. so‘m miqdoridagi aliment pullari undiruvchining foydasiga undirilishi ta’minlandi.
O‘zA