Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliment to‘lovidan qarzdorlarning sudiga tuman hokimi ham qatnashdi
16:12 / 2021-09-15

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47/4-moddasiga asosan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 10 nafar Qarshi tumanilik qarzdor otalarning ma’muriy ishlari ko‘rib chiqildi.

Ayblanuvchilar uzoq muddat davomida muntazam ravishda aliment to‘lovlarini amalga oshirmagan.  

Ushbu sud majlisida ishtirok etgan tuman hokimi Maxsuda Mustafoyeva ogohlantirishlarga va huquqiy tushuntirishlarga qaramay farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlayotgan otalarning javobgarligi borasida gapirdi.

- Farzandni voyaga yetkazishni faqat onaning zimmasiga yuklash mardlik emas, - dedi tuman rahbari. - Ota yoki onaning mas’uliyatsizligi sabab farzand jabr chekmasligi kerak. Qorako‘zlarda nima ayb. Bu amaliyot doimiy tashkil etiladi. Ajrim yoqasidagilarni ham olib kelib, oxirida bu ishlari nima bilan yakunlanishini ko‘rsatish lozim.  

Tuman Majburiy ijro bo‘limi ish yurituvida ayni kunga qadar 1 ming 200 ta aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud.

 

O‘lmas Barotov, O‘zA