Majburiy ijro byurosining Namangan viloyati boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda alimentdan qarzdorligi bo‘lgan ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Hozirda 24 ming 432 ta alimentga oid ishlar bo‘yicha muntazam ravishda «mahallabay» o‘rganishlar orqali ishsiz aliment to‘lovchilarning ro‘yxati shakllantirilmoqda.
Bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda ishga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida 581 nafar aliment to‘lovchining bandligi ta’minlanishiga ko‘maklashildi.
Bundan tashqari doimiy ravishda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda. Jumladan, Pop tumanida tashkil etilgan mehnat yarmarkasiga ishsiz aliment to‘lovchilar taklif qilindi.
Yarmarkada 28 ta korxona, tashkilotlar, ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining 800 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Tadbir yakunida 12 nafar aliment to‘lovchi ishga yo‘llanma oldi.
O‘zA