French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxs olti oyga qamaldi
16:32 / 2026-02-25

Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2019-yil 12-iyuldagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor K.M.dan sobiq o‘rtog‘ining foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Javobgar K.M.ning aliment to‘lovidan yuzaga kelgan 39 million 182,8 ming so‘m qarzni to‘lamaganligi sababli, unga nisbatan Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limi xodimi tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tuman sudiga yuborilgan. Ushbu sud qaroriga ko‘ra unga 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan. Shunda keyin ham javobgar o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan va aliment pullarini to‘lamasligi oqibatida, qarzdorlik 45 million so‘mdan oshgan. 

Shu sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tuman sudi raisi S.Dauletmuratov tomonidan Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi binosida sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Sudda javobgarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi qo‘llanilib, olti oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.