Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliment to‘lashdan bo‘yin tovladi, oqibatda esa...
14:53 / 2026-02-20

Guliston tumanlararo sudi qaroriga muvofiq, qarzdor O. Karimovdan voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment puli undirilishi belgilangan. Sud qarorini amalga oshirish Majburiy ijro byurosining Guliston tuman bo‘limiga yuklatilgan va undirish harakatlari olib borilgan.

Ijro jarayonida qarzdor sud qarori bilan tanishgan va ogohlantirilganiga qaramasdan, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Bu holat qonun hujjatlariga zid harakat sifatida baholanib, davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Sud qarori asosida qarzdorga o‘n besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash nafaqat qonunga zid, balki farzandning ijtimoiy va moddiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, davlat organlari va ijrochilar oilaviy majburiyatlarni bajarish, farzand huquqlarini himoya qilishda faol qo‘llab-quvvatlash choralarini muntazam olib bormoqda. Bu haqda Majburiy ijro byurosining Guliston tuman bo‘limi xabar berdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri