Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliment to‘lamay yurgan 23 ota javobgarlikka tortildi
15:38 / 2025-09-26

Joriy yilning o‘tgan davrida Majburiy ijro byurosi Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan farzandlar ta’minoti uchun qarzdor otalardan jami 2 milliard 945 million so‘m aliment undirib berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar izchil qo‘llanilmoqda. Faqatgina 2025 yilning sakkiz oyi davomida alimentdan qochib yurgan 23 nafar qarzdor ota ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Jumladan, qarzdorlardan I.Xudoyqulov 6,5 million so‘m, F.Shayzakov esa 5,3 million so‘m aliment pulini uzoq vaqt to‘lamay kelganligi sababli sud qaroriga asosan, ularga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Majburiy ijro byurosi mas’ullari ta’kidlaganidek, aliment to‘lovidan bo‘yin tovlagan har bir shaxsga nisbatan jazo muqarrardir. Chunki, farzandlar taqdiri va ularning haq-huquqlarini himoya qilish jamiyatning eng muqaddas burchi hisoblanadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri