Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliment to‘lamagan otaning avtomashinasi xatlandi
09:44 / 2022-08-20

Aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida Majburiy ijro Byurosi tomonidan barcha qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Byuroning Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining 2020 yil  fevraldagi javobgar Sh.R.dan undiruvchi M.J. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lsada, qarzdor ijro hujjati talablarini bajarishdan bo‘yin tovlab kelgan.  

– Qarzdorning aliment qarzdorligi qayta hisob-kitob qilinganda 2022 yil  10 avgust holatida 25,1 million so‘mni tashkil qiladi, – deydi Bo‘lim davlat ijrochisi Ya.Xoliqov. – Qarzdor turli bahonalar bilan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “Damas” avtomashinasi xatlandi. Natijada aliment qarzdorligi uchun jarima maydonchasiga vaqtinchalik saqlash uchun joylashtirildi. 

Qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf qilinmagan taqdirda, mazkur avtomashina baholanib, “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarish choralari ko‘riladi. 

 

Zarif Komilov,  
O‘zA