French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliment qarzi sabab farzandlarga chetga chiqish cheklovi qo‘yildi
17:03 / 2026-01-22

Ota-onaga g‘amxo‘rlik - farzandlik burchi. Ammo ayrim hollarda bu burchga beparvolik bilan yondashish holatlari ham uchramoqda.

Shahrixon tumanida yashovchi 66 yoshli M.Yo.ning o‘g‘il farzandlari otasini qarovsiz qoldirib, uning ta’minotiga befarq bo‘lgan. Ilojsiz qolgan ota sud orqali farzandlaridan aliment undirishga majbur bo‘lgan.

Sud qaroriga muvofiq, 2025 yil avgust oyidan boshlab o‘g‘illar otasiga aliment to‘lashi belgilangan. Biroq? E.Y. va O.Y. mazkur majburiyatni bajarmagan.

Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida qarzdorlarga nisbatan O‘zbekiston hududidan chetga chiqish cheklovi qo‘yildi. Shundan so‘ng farzandlar qonunchilikda belgilangan tartibda 5 yillik, jami 39,6 million so‘m aliment mablag‘ini oldindan to‘lab qilib berdi.

Shundan keyin qarzdorlarga nisbatan qo‘llanilgan cheklov choralari bekor qilindi.

Hamroz Bayanov, O‘zA