Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliment pullari undirildi
12:32 / 2025-12-11

Majburiy ijro Byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi Qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan qidiruvdagi qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklari turgan joyni aniqlash, ularga qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida 410 nafar jismoniy shaxs topilib, 450 million so‘m qarzdorlik undirildi.

– Hozirda 147 nafar qarzdorni topish choralari ko‘rilmoqda. Ushbu shaxslarning 101 nafari respublika hududida yashirinib yurganligi, 46 nafari esa chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlangan, – deydi Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nazirjon G‘afforov. – Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro B.D chet elda bo‘lgani sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan qarzdor Rossiya Federatsiyasida ushlanib, 14,6 million so‘m aliment qarzdorligi to‘liq undirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri.