Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliment pullari undirildi
15:53 / 2024-03-02

Aksariyat insonlar qonun barchaga barobarligini, sud qarori ijrosi so‘zsiz ta’minlanishini, ularga ijro uchun berilgan muddat imkoniyat ekanligini bilishsa-da, o‘z majburiyatlarini bajarishni istamaydi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumani sudining buyrug‘iga asosan qarzdor A.A.dan undiruvchi E.B. foydasiga aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Sirdaryo tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, ijro ishi qo‘zg‘atilgan. Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqi vaqtincha cheklangan. A.A.ga ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan qarzdor aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotganligi, bu harakat O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilgan. Endi unga imkoniyat berilmasligi mohiyatini anglagan otadan undiruvchi foydasiga jami 103 000 000 so‘m aliment pullari undirib berildi.

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri