Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliment pulini vaqtida to‘lang...
13:26 / 2024-02-21

Sudning hal qiluv qaroriga asosan ota yoki ona voyaga yetmagan farzandi uchun moddiy ta’minotni o‘z vaqtida to‘lashi majburiydir. Lekin ayrim hollarda bu mas’uliyat unutilishi oqibatida Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sudlarga kiritilgan taqdimnomaga asosan ma’muriy choralar qo‘llanilmoqda.

Jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi MIB Namangan viloyati boshqarmasining To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor sud davomida mas’uliyatsiz 10 nafar qarzdor otaning ishi ko‘rib chiqildi. Ularga nisbatan turli muddatlarga ma’muriy qamoq chorasi qo‘llanildi.  

– Bugungi kunda Majburiy ijro byurosining ish yurituvida aliment bilan bog‘liq hujjatlar ko‘p, – deydi MIB To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi boshlig‘i Husanboy Tursunov. – O‘tgan yilda olib borilgan tushuntirishlar va ijro harakatlari davomida salkam 580 million so‘m mablag‘ undirilib, plastik kartalar orqali undiruvchilarga yetkazildi. O‘z o‘rnida ogohlantirishlarga bee’tibor bo‘lgan qarzdor alimentchilarning 108 nafariga ma’muriy choralar qo‘llanildi. Undan so‘ng ham o‘ziga xulosa qilmagan qarzdorlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, jazo ta’minlandi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.