Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aliment o‘rniga uy-joy berildi
16:05 / 2022-03-17

Majburiy ijro byurosida joriy yil 21 fevralidan 31 martga qadar “Aliment undiruv oyligi” e’lon qilindi. Samarqand viloyatida ham bu boradagi ishlarni tizimli olib borish choralari ko‘rilmoqda.

Oylik doirasida byuro davlat ijrochilari aliment bo‘yicha mavjud ijro ishlarini sarhisob qilib, undiruv ishlarini jadallashtirmoqda.

– Ish yurituvimizda qarzdor A.S.dan undiruvchi M.S. foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, qarzdor alimentdan bo‘lgan qarzlarini to‘lamay kelayotgan edi, – deydi byuroning Jomboy tuman bo‘limi boshlig‘i Nurqo‘zi G‘aniyev. – Qarzdorga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi tushuntirilgan holda ogohlantirish berildi.

Qarzdor va undiruvchining o‘zaro kelishuviga asosan, qarzdor A.S. voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ular 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan aliment mablag‘lari o‘rniga Jomboy tumanidagi Kattaqishloq mahallasi hududida joylashgan uy-joyni sobiq turmush o‘rtog‘i – undiruvchi M.S. nomiga notarius orqali rasmiylashtirib berdi.

G‘.Hasanov, O‘zA