Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alim Rahmatullayev: san’at bu mening hayotim! (+video)
18:38 / 2025-12-09

"Ustaxona"

Alim Rahmatullayev ko‘p qirrali rassom: tasviriy san’at, grafika, dizayn, raqamli san’at, interer bezagi sohalarida faol. U Nyu-Yorkdagi   “United Nation: Nations –Water –Cultures” va Londondagi Watercolour+Works on Paper Fair kabi xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan.  

Asarlari AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Rossiya, Germaniya va O‘zbekistonning xususiy kolleksiyalarida saqlanadi. Rassom Toshkentda O‘zbekiston xalq rassomi Zaynutdin Faxrutdinov qo‘li ostida tahsil olgan. Me’morchilik va qurilish institutida o‘qigan, dizayn sohasida uzoq yillar ishlagan. Bu yo‘l uning badiiy qarashlarini kengaytirib, hozirgi ijodida o‘z ifodasini topgan.  

“One more life” – “Yana bir hayot” bu Alim Rahmatullayevning ko‘p yillardan keyingi Toshkentdagi ilk shaxsiy ko‘rgazmasidir. Ekspozitsiyaga rassomning besh yildan ortiq vaqt davomida ishlagan, deyarli jamoatchilikka ko‘rsatmagan asarlar turkumi kiritilgan. Bu uzoq vaqt yolg‘izlik faoliyati unga shaxsiy badiiy tajribani chuqur tushunchalar bilan uyg‘unlashtirib, izchil ish tizimini rivojlantirishga imkon berdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GZS5tbYPaEM" title="&quot;Ustaxona&quot;: Alim Rahmatullayev" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA