Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ali bobo va qirq qaroqchi” kartinasini zamonaviy talqinda yaratish masalasi muhokama qilindi
10:01 / 2023-05-27

Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligida Agentlik va “O‘zbekfilm” davlat unitar korxonasi rahbariyatining rossiyalik taniqli rejissyor Jahongir Fayziyev va hindistonlik mashhur rejissyor va ssenariylar muallifi Umesh Mehra bilan zoom-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Agentlik matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya-Hindiston hamkorligidagi loyiha – afsonaviy “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmining zamonaviy talqinini yaratish fikri, tashkiliy masalalar, aktyorlarni tanlash va filmning taxminiy byudjeti muhokama qilindi.  

Filmni suratga olish uchun hamkorlar tasodifan tanlab olinmagan. Jahongir Fayziyev – “Turk gambiti”, “Galaktika darvozaboni”, “Avgust. Sakkizinchi” va boshqa mashhur filmlarni suratga olgan. 1979 yilda suratga olingan “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmi rejissyori Latif Fayziyevning jiyani hisoblanadi.  

Uchrashuvda suratga olinishi rejalashtirilgan kartina kambag‘al o‘tinchi Ali Bobo haqidagi afsonaning birinchi qismini davom ettirish va zamonaviy talqinda suratga olinishi kerakligi ta’kidlandi.  

Konferensiyada kinolentani yaratishning barcha amaliy masalalarini atroflicha o‘rganish uchun joriy yilning iyul oyi boshida shaxsan uchrashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

N.Usmonova, O‘zA