Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aleksey Sandыkov: O‘zbekiston nufuzli xalqaro, global tadbirlar markaziga aylanmoqda
14:04 / 2022-10-27

Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm majmuasidagi Kongress markazida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda MDH Parlamentlararo Assambleyasiga kiruvchi mamlakatlar parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari va a’zolari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar va ekspertlar, jurnalistlar, jami 500 dan ortiq kishi ishtirok etmoqda. 
 
Tadbir ishtirokchisi – Armaniston Respublikasi Milliy assambleyasining mintaqaviy ishlar va Yevroosiyo integratsiyasi bo‘yicha doimiy qo‘mitasi a’zosi Aleksey Sandыkovning fikrlari bilan qiziqdik: 
 
– Samarqandda shu kunlarda bir vaqtning o‘zida bir necha nufuzli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda, – dedi A.Sandыkov. – MDHga a’zo davlatlar vakillari ishtirokida o‘tayotgan bu tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilgan. 
 
O‘zbekiston bu borada har safar o‘zining keng qamrovli ishlari bilan bizni hayratga solmoqda. O‘zbekiston, xususan Samarqand xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan nufuzli, global tadbirlar markaziga aylandi. Ayniqsa, keyingi yarim yildagi o‘zgarishlar juda hayratlanarli. 
 
MDH davlatlari, albatta, mustaqil va har biri o‘z yo‘liga ega. Lekin o‘zaro hamkorlik, tajriba almashish foydadan xoli emas. Shu nuqtai nazarda bugungi xalqaro anjuman ham mamlakatlarimiz, mintaqa hayotida muhim o‘rin tutadi. 



N.Abduraimova, O‘zA