Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aleksandr Ushkov: «Biz «Servis-Telekom» bilan mahalliy bozorni istiqbolli deb hisoblaymiz»
19:49 / 2023-05-05

24-26 aprel kunlari Toshkentda «INNOPROM. Markaziy Osiyo» Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda MDH mamlakatlari korxonalari va xalqaro sanoat kompaniyalari ishtirok etdi. Ko‘rgazmada «Gazprombank» ham o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi.

O‘zA muxbirining «Gazprombank»ning  birinchi vitse-prezidenti Aleksandr Ushkov bilan bo‘lgan suhbati ushbu  ko‘rgazma yakunlari va ikki mamlakat  hamkorligiga bag‘ishlandi.  

– Aleksandr Anatolevich,  suhbatga rozilik bildirganingiz uchun tashakkur. «INNOPROM. Markaziy Osiyo»  Xalqaro sanoat ko‘rgazmasida «Gazprombank»  va  «Servis-Telekom» kompaniyalar guruhi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida minorali infratuzilma sohasida  hamkorlik memorandumi imzolandi. Shu haqida batafsil ma’lumot bersangiz.  

–  Bank «Servis-Telekom»  bilan 2015 yildan, ya’ni kompaniya tashkil etilganidan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. «Servis-Telekom» ko‘z o‘ngimizda kichik kompaniyadan  yirik infratuzilma operatorlaridan biriga  aylandi.   Uning boshqaruvida  Rossiyaning  deyarli barcha hududlaridagi 19 mingdan ortiq  ob’ekt bor. Kompaniya hamkorlik davrida yirik loyihalarni amalga  oshira oladigan  ishonchli  sherik ekanini ko‘rsatdi.  

Kompaniya hozirgi rivojlanish bosqichida xalqaro ekspansiyaga yaqinlashdi va boshlanishiga O‘zbekistonning istiqbolli bozorini tanladi. So‘z mamlakatda o‘ziga xos  mustaqil infratuzilmaviy operatorni yaratish haqida bormoqda. Dunyo bo‘yicha operatorlar minoralarga egalik qilishdan voz kechib, ularni  ixtisoslashgan  kommaniyalardan ijaraga oladi.  

 Biz  O‘zbekistonda  ham bozor shu tartibda rivojlanishiga ishonamiz. Memorandumning imzolanishi bankning O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha «Servis-Telekom» strategiyasiga sodiqligini  va  kompaniyani  loyihaning birinchi kunlaridanoq qo‘llab- quvvatlashini ko‘rsatadi. Biz albatta,  bank infratuzilma  ob’ektlari qurilishini  moliyalashtirishi haqida gapirayapmiz.  

– Bu «Gazprombank» va O‘zbekiston o‘rtasida bu yo‘nalishdagi  birinchi hamkorlikmi?

– «Servis-Telekom»ning  O‘zbekiston bozoriga kirishi minora infratuzilmasi operator kompaniyasining tajribasi va bankning  moliyalashtirish sohasidagi tajribasi asosida mavjud amaliyotni kengaytirishdir.  

Xususan, 2021 yilda «Gazprombank» tomonidan «Servis-Telekom» kompaniyasining VEON telekommunikatsiya xoldingidan «Natsionalnaya bashennaya kompaniya» AJ ning to‘liq ulushini  sotib olish bo‘yicha yirik (47 milliard rubl miqdoridagi) bitim imzolangan edi.  

Boshqa sohalarga keladigan bo‘lsak, respublika uchun qator muhim loyihalarni amalga oshirdik.  Umuman olganda, O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanmoqda va biz yangi tashabbuslar nuqtai nazaridan,  mahalliy bozorni istiqbolli deb hisoblaymiz.  

– Xalqaro sanoat yarmarkasi «Gazprombank» faoliyatida  qanday imkoniyatlarni ochadi?  

– «Gazprombank» bu ko‘rgazmaning hamkorlaridan biridir. Biz ushbu tadbirni sanoatchilar va  tadbirkorlarni bir joyga to‘playdigan sanoat  ko‘rgazmasi faoliyati sohasidagi  Rossiya “brendi” deb hisoblaymiz. Namoyishning Markaziy Osiyoga chiqishi  nihoyatda muhim voqelik bo‘ldi. Bu Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Belorussiya, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi uchun  ajoyib maydonchadir. Ko‘rgazma doirasida olingan g‘oya va tashabbuslar, biznes-aloqalar va kelishuvlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida biznesni rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonaman.  

– Ko‘rgazma yakunlari haqidagi fikr-mulohazalaringiz?

– Uch kunlik ko‘rgazma davomida «Gazprombank» guruhi turli viloyatlar hokimlari va biznes vakillari bilan  bir nechta  samarali uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, turli mavzular bo‘yicha davra suhbatlari va muhokamalarda ham  ishtirok etdik.  

Masalan, “Yoqilg‘i energetika majmuasida  xalqaro texnologik  hamkorlik” mavzusidagi uchrashuvda ijrochi vitse-prezident – bank shartnoma bo‘limi departamenti boshlig‘i Oleg Melnikov  va Ural mashinasozlik kimyo  zavodining bosh direktori Tamara Kobaladze ishtirok etdi.

Men davra suhbatida bank tomonidan Qozon shahridagi «Ximgrad» texnopolisining  moliyalashtirilishi va O‘zbekistonda bu amaliyotlarni muvaffaqiyatli qo‘llash haqida so‘zlab berdim. Umuman olganda, Toshkentdagi namoyish juda qizg‘in o‘tdi.  

O‘zA mubiri

Nasiba ZIYODULLAEVA suhbatlashdi.