Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Albaniyada NATO aviabazasi ochildi
20:07 / 2024-03-05

Albaniyada NATOning G‘arbiy Bolqondagi ilk aviabazasi ochildi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi tarqatgan bayonotda aytilgan.

Qayd etilishicha, 2024-yil 4-mart kuni Kuchova aviabazasi rasman ochildi, ushbu obyekt NATOning kelgusidagi havo amaliyoti uchun zamonaviy markazga aylanadi.

Qurilishi 2019-yil boshlangan qo‘nalg‘a Tirana shahridan 80 kilometr masofada, Berat okrugida joylashgan.

Bu NATOning Albaniyadagi eng yirik loyihasi hisoblanadi. Taxmin qilinishicha, majmua harbiy blokning logistikasi, havo amaliyoti va harbiy mashqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.