Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Albaniyada bir kecha kunduzda 300 ga yaqin yerosti silkinishlari qayd etildi
17:37 / 2019-09-22

Albaniyada bir kecha kunduzda 300 ga yaqin, aniqrogʻi 297 marotaba yerosti silkinishlari qayd etilgan, ularning 87 tasi yakshanbaga oʻtar kechasi yuz berdi, deb yozmoqda TASS.


Albaniyada bir kecha kunduzda 300 ga yaqin, aniqrogʻi 297 marotaba yerosti silkinishlari qayd etilgan, ularning 87 tasi yakshanbaga oʻtar kechasi yuz berdi, deb yozmoqda TASS.

Shimoliy Makedoniyaning MIA axborot agentligi xabariga koʻra, shanba kuni tushdan keyin mamlakatning bir qator aholi punktlarida birinchi zilzilalar sezilgan, ularning maksimal magnitudasi 5.8 ballni tashkil etdi.

Albaniya poytaxti Tirana, Adriatika sohilida joylashgan Durres shahri, shuningdek Pogrades, Fiyeri va Shimoliy Makedoniyaning janubi-gʻarbiy qismidagi shaharlar eng koʻp zarar koʻrdi. Tirana va Durres aholisi tunni koʻchalarda, shuningdek, maxsus tashkil etilgan oltita markazda oʻtkazdilar. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, tabiiy ofat oqibatida 107 kishi jabrlangan, ulardan 10 nafari kasalxonaga yotqizilgan. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, shaharning 187 ta infratuzilmaviy obyektlari shikastlangan.

Mamlakatning bir qator aholi punktlarida elektr taʼminoti va uyali aloqa xizmati uzildi.

Albaniya seysmologi Rapo Ormenining soʻzlariga koʻra, kuchli yer silkinishi xavfi oʻtdi, ammo past magnitudali zilzilalar kelgusi haftada ham davom etishi mumkin.